INSTITUT QAYTA TASHKIL QILINGAN KUN MUNOSIB KUTIB OLINDI

Kunning ikkinchi uchrashuvida Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultetining “Masters” jamoasi hamda institut Buxgalteriya boʻlimi vakillaridan iborat “Buxgalteriya” jamoasi maydonga tushishdi.

Uchrashuv chempionat taqdirini belgilab beruvchi hal qiluvchi bellashuvlardan biri bo‘ldi. Avvaldan aytilganidek, agar “Masters” jamoasi ushbu o‘yinda g‘alaba qozonsa, ular “ASIFL LEAGUE–2025” musobaqasining mutloq gʻolibi sifatida e’tirof etilishi kerak edi.

Oʻyin nihoyatda dramatik tarzda boshlandi. Dastlab “Buxgalteriya” jamoasi faol harakatlar bilan oldinga chiqib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Bu holat o‘yinda intriga va kuchli raqobatni yuzaga keltirdi. Biroq “Masters” jamoasi o‘zida iroda va kuch topdi, taktik yondashuvni kuchaytirdi hamda uchta aniq zarba orqali vaziyatni tubdan o‘zgartirdi.

Natijada, o‘yin “Masters” jamoasining 3:1 hisobidagi ishonchli gʻalabasi bilan yakunlandi. Bu natija ularga turnir jadvalida yetakchilikni qo‘lga kiritish va chempionlik unvonini rasmiylashtirish imkonini berdi.

Leave a Reply

Skip to content