

Kuni kecha Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi kafedrasi o’qituvchisi M.Anorboyeva tomonidan Xorijiy til va adabiyoti: Ingliz tili yo’nalishi 21/01-guruh talabalari uchun «Designing Educational Materials» mavzusida ochiq dars o’tkazildi.
Mazkur dars davomida zamonaviy, interfaol o’qitish usullaridan keng foydalanildi. Talabalarga chet tilini o‘qitish jarayonida dars materiallari samarali va ijodiy tayyorlash bo‘yicha muhim metodik tavsiyalar berildi. Ochiq dars nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirgan holda tashkil etilgan bo‘lib, talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga xizmat qildi.
Dars jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi. Mazmunan boy va metodik jihatdan puxta tashkil etilgan ushbu ochiq dars professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan yuqori baholandi.