«SPORTCHI – YURT HIMOYACHISI»

Andijon davlat chet tillari institutida talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Ushbu jarayon talabalarning sog‘lig‘i, harakat faoliyati va sportga bo‘lgan qiziqishini baholashga qaratilgan.

Bunga parallel ravishda may oyi – “Sport oyligi” doirasida “Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostida turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda. Mini-futbol, yugurish, stol tennisi, shaxmat va boshqa sport turlari bo‘yicha tashkil etilayotgan bellashuvlar talabalar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirmoqda.

Mazkur tadbirlar yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda. Musobaqalarda faol ishtirok etayotgan talabalar final bosqichlariga yo‘llanma olish va g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

Leave a Reply

Skip to content