

2008-yildan buyon ushbu loyihaning maqsadi faol rusiyzabon yoshlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish va ularning professional ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
✅Joriy yilda forum ishtirokchilari soni bo‘yicha rekord o‘rnatildi: Lotin Amerikasi, Arabiston yarimoroli, Yevropa va MDH davlatlaridan jami 28 mamlakat vakili bo‘lgan 54 nafar mutaxassis tashrif buyurdi. Ular OAV va jamoatchilik faoliyati sohasidagi yetakchi ekspertlardan tajriba olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishtirokchilarni faqat ta’limiy dastur emas, balki boy madaniy dastur ham kutmoqda. Ular Sankt-Peterburgning mashhur maskanlari bilan tanishadilar.
Buyuk Vatan urushidagi G‘alabaning 80 yilligi nishonlanayotgan yilda forum ishtirokchilari blokadadagi Leningradni himoya qilgan shahar aholisi va harbiy xizmatchilar xotirasiga hurmat bajo keltirish uchun Piskaryov memorial qabristoniga tashrif buyuradilar.
KVS (Koordinatsion kengash) ushbu forum orqali Sankt-Peterburg Rossiyada, shu jumladan chet elda yashayotgan yosh mutaxassislar uchun qanday imkoniyatlar ochilishini namoyish qilmoqda.
Ushbu tadbirda Andijon davlat chet tillari instituti Oʻquv-uslubiy boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari D.Umnov ham ishtirok etmoqda.