
2025-yil 27-may kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida “Milliy tarix va qadriyatlar bo‘yicha” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir yosh avlod qalbida tarixiy xotira, milliy g‘urur va qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
Davra suhbatida institut rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Z.Kobilova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi M.Saliyeva, amaliyotchi-psixolog M.Boymirzayeva, fakultet dekani o‘rinbosari B.Botirov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida o‘zbek xalqining qadimiy tarixi, milliy o‘zlikni anglash, madaniyatimiz, urf-odat va an’analarimiz, shuningdek, bugungi kun yoshlari tarbiyasida milliy qadriyatlarning tutgan o‘rni haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ma’ruzachilar tomonidan yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, ular ongida mustahkam hayotiy pozitsiya va tarixiy ongni shakllantirish borasida muhim fikrlar ilgari surildi.
Talabalar faol ishtirok etib, milliy tariximiz, qadriyatlarimizning zamonaviy hayotdagi o‘rni haqida bahs-munozaralar olib bordilar. Tadbir savol-javoblar, ochiq muloqotlar ruhida o‘tdi.
Davra suhbati yakunida ishtirokchilarga milliy merosni asrab-avaylash, uni chuqur o‘rganish va kelajak avlodlarga yetkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ushbu tadbir talaba-yoshlar qalbida vatanparvarlik, tarixiy xotira va milliy g‘ururni mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim ma’naviy-ma’rifiy tashabbus bo‘ldi.