INSTITUT PROFESSORIGA YUKSAK EHTIROM KOʻRSATILDI

Andijon davlat chet tillari institutining yirik ilmiy salohiyatga ega professorlaridan biri, filologiya fanlari doktori, professor Abduvaliyev Maxamatjon Arabovich O‘zbekiston va xalqaro miqyosda tan olingan Turon fanlar akademiyasi tomonidan “Akademik” ilmiy unvoni bilan taqdirlandi.

Ushbu yuksak unvon professorning ko‘p yillik samarali ilmiy-tadqiqot ishlari, o‘zbek va ingliz tillari qiyosiy lingvistikasi, tarjimashunoslik hamda lingvokulturologiya sohalaridagi chuqur izlanishlari, shuningdek, xalqaro ilmiy jurnallardagi faoliyati asosida berildi. Maxamatjon Abduvaliyev nafaqat ilmiy maqolalar muallifi, balki yosh tadqiqotchilarning ilmiy yetakchisi va zamonaviy tilshunoslik yutuqlarini amaliyotga tatbiq etuvchi olim sifatida tanilgan.

Bugungi kunda u ko‘plab xalqaro va milliy ilmiy jurnallar tahrir hay’atining a’zosi, bir nechta doktorlik dissertatsiyalarining rasmiy opponenti va ilmiy kengashlar a’zosi sifatida ham faoliyat yuritmoqda.

Mazkur unvonning berilishi nafaqat professor Abduvaliyev Maxamatjon Arabovichning shaxsiy yutug‘i, balki Andijon davlat chet tillari institutining ilmiy salohiyatini yuksaltirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Leave a Reply

Skip to content