
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o’qituvchisi Qambarov Nodirbek Mamatqodirovich joriy yilning 26-may kuni Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning yig‘ilishida “Umumtaʼlim maktablarining 5-6-7-sinflarida nemis tili oʻqitishning psixolingvistik xususiyatlari” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Nemis tili) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.
Tadqiqotchi dastlab o‘z ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim mavzuga bag‘ishlanganini asoslab, tadqiqot ishining mohiyatini ochib berdi va xulosalarini bayon qildi. Dissertant ishning muhokamasi davomida kengash a’zolarining savollariga a’lo darajada javob berdi.
Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari dissertatsiya ishini 100 foiz yoqlab ovoz berdilar va Nodirbek Qambarov pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.