INSTITUT OLIMLARI SAFI KENGAYMOQDA

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi o’qituvchisi Qodirov Olim Odilovich joriy yilning 26-may kuni Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning yig‘ilishida “Refleksiv yondashuv asosida oʻquvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyasi (5-6-sinflarda ingliz tili fani misolida)” mavzusidagi 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Ingliz tili) ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.

Tadqiqotchi dastlab o‘z ishini ham nazariy, ham amaliy jihatdan muhim mavzuga bag‘ishlanganini asoslab, tadqiqot ishining mohiyatini ochib berdi va xulosalarini bayon qildi. Dissertant ishning muhokamasi davomida kengash a’zolarining savollariga a’lo darajada javob berdi.

Yig‘ilish yakunida kengash a’zolari dissertatsiya ishini 100 foiz yoqlab ovoz berdilar va Olim Qodirov pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.

Leave a Reply

Skip to content