KURASH BOʻYICHA MUSOBAQA BOʻLIB OʻTDI

Bugun – 24.05.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida sportning kurash turi bo‘yicha «Vazir kubogi» musobaqasining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida milliy sport turlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularni jismonan chiniqtirish hamda iste’dodli sportchilarni aniqlash maqsadida tashkil etildi.

Musobaqada institutning barcha fakultetlaridan iqtidorli va jismonan chiniqqan talabalar ishtirok etishdi. Bellashuvlar vazn toifalariga qarab tashkil etilgan bo‘lib, har bir sportchi o‘z mahorati, chaqqonligi va matonatini namoyon etdi. Tomoshabop kurashlar sport ishqibozlari va hakamlar hay’atiga katta taassurot qoldirdi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shu bilan birga, eng yaxshi natija ko‘rsatgan sportchilar Andijon viloyati bosqichida institut sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa jarayonida sport va ma’naviyat uyg‘unligini aks ettiruvchi ruhiy muhit yaratilgan bo‘lib, tadbir barcha ishtirokchilarga katta motivatsiya berdi.

Leave a Reply

Skip to content