REKTOR HUZURIDA APPARAT YIGʻILISHI OʻTKAZILDI

2025-yil 23-may kuni Andijon davlat chet tillari institutida rektor D.A.Rustamov raisligida institut rahbar xodimlari ishtirokida navbatdagi apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda joriy haftada institut miqyosida o‘tkazilishi rejalashtirilgan muhim tadbirlar: “HONOUR-2025” – yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi, “ASIFL LEAGUE-2025” futbol chempionatining so‘nggi turi hamda institutning qayta tashkil etilganligiga 3 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarini koʻtarinki ruhda oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.

Rektor D.A.Rustamov mazkur tadbirlarni yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda, institut obro‘-e’tiboriga mos tarzda tashkil etish zarurligini ta’kidlab, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarni aniqlab berdi. Tadbirlarning tashkilotchilik va ijodiy jihatlari bo‘yicha aniq topshiriqlar berilib, bajarilishi nazoratga olindi.

Shuningdek, institut jamoasining joriy o‘quv yilidagi yutuqlari, sport va ilmiy faoliyatda erishilayotgan natijalar, professor-o‘qituvchilarning tashabbuskorligi va talabalar faolligi alohida e’tirof etildi.

Yig‘ilish yakunida rektor tomonidan barcha rahbar xodimlarga belgilangan vazifalarni mas’uliyat bilan bajarish, institut nufuzi va faoliyatini yanada yuksaltirish borasida faol bo‘lish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Leave a Reply

Skip to content