OTA-ONALAR BILAN HAMKORLIK – TA’LIM SIFATI YO’LIDA

Bugun – 23.05.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida navbatdagi ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov, Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari O.Vositov, kafedra mudiri E.Kurbanov hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi. Yig‘ilishdan asosiy maqsad – talabalarning o‘qish jarayoni, axloqiy tarbiyasi, davomat holati, ichki intizomi va akademik ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, shuningdek, ota-onalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilish davomida fakultet dekani K.Karimov tomonidan talabalarning umumiy holati, o‘quv dasturlaridagi yangiliklar, xalqaro hamkorlik va amaliyot jarayonlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Guruh murabbiylari o‘z guruhlaridagi talabalar haqida ota-onalarga individual tarzda ma’lumot taqdim etdilar.

Ota-onalar farzandlarining ta’lim olishi, institutdagi sharoitlar va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Ular institut rahbariyati tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarga minnatdorchilik bildirib, kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini qayd etdilar.

Yig‘ilish yakunida ota-onalarga ta’lim-tarbiya borasida samarali hamkorlik qilish, farzandlarini rag‘batlantirish va ularning rivojlanishiga ko‘maklashish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Leave a Reply

Skip to content