OCHIQ DARS MASHG‘ULOTI BOʻLIB OʻTDI

Andijon davlat chet tillari institutida professor-o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari doimiy ravishda ochiq va yuqori sifatda tashkil etilmoqda. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik metodlar keng qo‘llanilib, talabalar chuqur bilim olishlari va kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yondashuv institutda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bugun – 23.05.2025-yil sanasida Roman-german va slavyan tillari fakulteti Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi G.Mamasoliyeva tomonidan Filologiya va tillarni o‘qitish: Fransuz tili yo‘nalishi 2-bosqich 23/01-guruh talabalari uchun ochiq dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

Ochiq dars “Mamlakatshunoslik” fanidan “Fêtes et traditions nationales” mavzusida olib borildi. Dars jarayonida interaktiv metodlardan keng foydalanilib, talabalar faol jalb etildi va mavzuni chuqur o‘zlashtirishlari uchun qulay muhit yaratildi. Talabalar mamlakatlarning milliy bayramlari va an’analari haqida bilimlarini mustahkamlab, tillararo madaniy aloqalarni yanada chuqurroq tushunishga erishdilar.

Institutda olib borilayotgan bunday ochiq dars mashg‘ulotlari nafaqat ta’lim jarayonini yanada samarali qiladi, balki talabalarni o‘qitish sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bu tadbirlar professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, yangi pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishda muhim ahamiyatga ega.

Leave a Reply

Skip to content