«MILLIY QADRIYATLAR SAYLI» TANLOVI O’TKAZILDI

Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg’usini shakllantirish maqsadida «Milliy qadriyatlar sayli» tanlovi o’tkazildi.

Andijon shahridagi «EkoPark»da tashkil qilingan ushbu sayilda ushbu sayilda bir qator yo’nalishlarda fakultetlar professor-o’qituvchilari va talaba-yoshlari o’zaro bellashdilar.

Jumladan, etnosport (tosh ko’tarish, arqon tortish), milliy liboslar namoyishi, alla va kelin salom ijrosi, milliy taomlar ko’rgazmasi kabi yo’nalishlarda tashkil qilingan bellashuvlar ko’tarinki ruhda o’tkazildi.

Leave a Reply

Skip to content