
Bugun – 22.05.2025-yil kunida Andijon davlat chet tillar instituti bilan Rossiya Federatsiyasining akkreditatsiyadan o‘tgan xususiy ta’lim muassasasi — Moskva moliya va yuridik universiteti hamda “Moskva gumanitar va texnologik universiteti – Moskva arxitektura va qurilish instituti” notijorat oliy ta’lim tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum ilm-fan, ta’lim, o‘quv jarayoni, ilmiy tadqiqotlar, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.
Ushbu uchrashuvda Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov boshchiligidagi mas’ullar ishtirok etdilar.
Hamkorlik doirasida qo‘shma dasturlar ishlab chiqish, xalqaro konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish, shuningdek, pedagogik tajriba almashish rejalashtirilmoqda.
Ushbu memorandum Andijon davlat chet tillar institutining xalqaro aloqalarini kengaytirish, zamonaviy ta’lim metodikasini joriy etish va yoshlarni raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.