
Joriy yilning 5-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PF-76-sonli farmoni e’lon qilindi.
Andijon davlat chet tillari instituti tomonidan ushbu farmon bilan xodimlarni tanishtirish va ularda tushuncha paydo qilish maqsadida maxsus kurs tashkil qilindi.
Kurs davomida institut Registrator ofisi rahbari X.Xusanov tomonidan ushbu farmon batafsil sharhlab berildi va farmon ijrosini ta’minlash uchun nimalarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.