CHEGARASIZ TA’LIM – CHEKSIZ IMKONIYAT

Andijon davlat chet tillari institutida ingliz tili taʼlimini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda xalqaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan ENGAGE – 2025 dasturi doirasidagi oʻquv kursi oʻz yakuniga yetdi.

Mazkur o‘quv kursi davomida tinglovchilar xorijlik mutaxassislar ishtirokida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashib, til o‘qitishning ilg‘or metodlari, innovatsion vositalar va interaktiv yondashuvlar bilan yaqindan tanishdilar. Kurs yakunida barcha tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Tantanali taqdirlash marosimida Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani A.Ataboyev ishtirok etdi. U o‘z nutqida mazkur o‘quv kursining ahamiyatini ta’kidlab, xorijlik mutaxassislar va ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, xorijiy mutaxassislarga institut nomidan Tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tadbir nafaqat ilmiy-amaliy tajriba almashish, balki xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Kurs ishtirokchilari bu kabi loyihalar muntazam ravishda tashkil qilinishini va o‘z bilim hamda ko‘nikmalarini yanada boyitish imkoniyatiga ega bo‘lishlarini istashlarini bildirdilar.

Leave a Reply

Skip to content