CHET ELLIKLAR NIGOHIDA ANDIJON

Andijon davlat chet tillari institutida amalga oshirilayotgan xalqaro hamkorlik va innovatsion tashabbuslarning yana bir amaliy ifodasi sifatida “ENGAGE-2025” dasturi mutaxassislari ishtirokida turizm yo‘nalishidagi muhim tadbir tashkil etildi. Institut tashabbusi bilan turizmni rivojlantirish, mintaqaning sayyohlik salohiyatini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida ushbu dastur mutaxassislari mas’ullar hamda professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda Andijon-Xonobod turizm manzillariga sayohat uyushtirdilar.

Sayohat davomida qatnashchilar Andijon viloyatining tabiiy go‘zalliklari, tarixiy obidalari hamda madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, Xonobod shahridagi sanatoriyalar, tog‘li hududlardagi dam olish maskanlari va turistik infratuzilma imkoniyatlari alohida e’tirof etildi. Mutaxassislar mazkur manzillarning chet ellik mehmonlar va sayyohlar uchun jozibadorligini tahlil qilib, turizm sohasida innovatsion yondashuvlar asosida rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olishdi.

Mazkur tashrif nafaqat bilim almashish, balki xalqaro loyihalar doirasida hududiy hamkorlikni mustahkamlash, talabalar va mutaxassislar uchun yangi o‘quv-amaliy platformalarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Dastur doirasida kelgusida turizm sohasida qo‘shma loyihalar va treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

ENGAGE-2025 dasturining Andijon davlat chet tillari institutidagi faoliyati nafaqat til va ta’lim sohalarini qamrab olmoqda, balki hududning iqtisodiy va madaniy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi yo‘nalishlarda ham samarali davom etmoqda.

Leave a Reply

Skip to content