BOLALAR NUTQI – TARAQQIYOT SARI ILK QADAM

2025-yil 15-may kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, oʻqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi kafedrasi oʻqituvchisi, doktorant X.Mamadaliyeva tomonidan Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda chet tili: Ingliz tili yoʻnalishi 4-bosqich 21/07-guruh talabalari ishtirokida “Developing Oral Speech Habits and Skills of Young Learners” mavzusida ochiq dars mashgʻuloti oʻtkazildi.

Ochiq dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, unda innovatsion va interfaol usullar samarali qoʻllanildi. Dars jarayonida talabalarning kichik yoshdagi oʻquvchilarda ogʻzaki nutq koʻnikmalarini shakllantirishga doir nazariy bilimlari amaliy mashgʻulotlar orqali mustahkamlandi. Mashgʻulot davomida talabalar juftlik va guruhli ishlarda faol ishtirok etib, muloqotga kirishish, erkin fikrlash va nutqni rivojlantirish bo‘yicha mashqlar bajarishdi.

Darsni kafedra professor-oʻqituvchilari kuzatib borishdi. Ular mashgʻulotning metodik jihatdan toʻgʻri tashkil etilgani, talabalarning faolligi va oʻqituvchining pedagogik mahoratini yuksak baholab, darsni yuqori saviyada oʻtgan deb e’tirof etishdi.

 

Leave a Reply

Skip to content