SPORT – YOSHLIK, IRODA, VATANPARVARLIK RAMZI

«Sportchi – yurt himoyachisi»: Andijon davlat chet tillari institutida ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlari va sport musobaqalari tashkil etildi

Bugun, 2025-yil 15-may kuni tongda Andijon davlat chet tillari institutida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va talaba-yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida «Sportchi – yurt himoyachisi» shiori ostida badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Ushbu tadbir may oyi – «Sport oyligi» doirasida institut rahbariyati, ishchi-xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirokida tashkil etildi.

Ertalabki soat 06:00dan boshlab institut hovlisida yig‘ilgan ishtirokchilar harakatli musiqalar ostida birgalikda badantarbiya mashqlarini bajardilar. Mashg‘ulotlar jismoniy faollikni oshirish, ish kunini yuqori kayfiyatda boshlash hamda sog‘liqni mustahkamlashga qaratildi.

Badantarbiya mashg‘ulotlaridan so‘ng ishtirokchilar jamoalarga bo‘linib, volleybol sport turi bo‘yicha o‘zaro bellashdilar. Sport bellashuvlari murosasiz va qizg‘in ruhda o‘tdi. Talabalar va xodimlar jamoalari o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, jamoaviy harakatlari va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyish etdilar.

Mazkur tadbir institutda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, sport orqali jamoaviylik va do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qiladi. Kelgusida ham bu kabi sport tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Leave a Reply

Skip to content