

Bugun – 15.05.2025-yil sanasida Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Rus tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchisi Karaboyeva Aziza Sodiqovna tashabbusi bilan rus filologiyasi yo‘nalishlari 1, 2 va 3-kurs talabalari ishtirokida buyuk rus shoiri Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavallud kuniga bag‘ishlangan badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda kafedra mudiri F.Rustamova hamda professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etdilar. Kecha yuqori saviyada, qizg‘in va samimiy muhitda o‘tkazildi. Talabalar rus adabiyoti bo‘yicha o‘z bilimlarini namoyish etib, badiiy chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari bilan barchaga katta taassurot qoldirdilar.
Mazkur tadbir talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, rus adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.