

2025-yil 15-maydan boshlab Andijon davlat chet tillari instituti Pinnacle Teaching Solutions (AQSh) bilan hamkorlikda ENGAGE-2025 nomli intensiv ingliz tili dasturini rasman boshladi.
Mazkur dastur doirasida AQShdan kelgan 8 nafar o‘qituvchi – Amerika universitetlarining iqtidorli talabalaridan iborat jamoa – institut talabalariga ingliz tilini erkin muloqot shaklida o‘rgatmoqda. Mashg‘ulotlar interaktiv uslubda, savol-javoblar, guruhli ishlanmalar hamda madaniy almashinuvga boy tarzda olib borilmoqda.
Dasturning asosiy maqsadi – talabalarimizning tinglab tushunish, aniq va ravon so‘zlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ularni ingliz tilida ishonch bilan muloqot qilishga undashdan iborat.
Dastur davomida talabalar turli mavzularda erkin muloqot qilish, xalqaro kommunikatsiya ko‘nikmalarini mustahkamlash va real hayotda ingliz tilidan foydalanish malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ushbu tashrif va hamkorlik Andijon davlat chet tillari institutining xalqaro aloqalarini kengaytirish, talabalarning chet tillarini chuqurroq o‘zlashtirishiga ko‘maklashish va ularning madaniy ko‘nikmalarini boyitishda muhim qadam hisoblanadi.
Mazkur dastur Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi mas’ulligida tashkil etildi.