TALABALAR OʻRTASIDA FAN OLIMPIADASI BOʻLIB OʻTMOQDA

Bugun – 14.05.2025 kuni Andijon davlat chet tillari institutining Roman-german va slavyan tillari fakulteti Rus tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan fakultetning barcha yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1, 2 va 3-bosqich talabalari o‘rtasida institut rektori sovrini uchun Rus tili va adabiyoti fanidan fan olimpiadasining 1-bosqichi o‘tkazildi.

Tadbirning ochilish marosimida fakultet dekani
M.Pazilov so‘zga chiqib, fan olimpiadasining o‘quv jarayonidagi ahamiyati, talabalar bilimini sinovdan o‘tkazish va rag‘batlantirishdagi o‘rni, shuningdek, g‘olib talabalarga taqdim etiladigan imtiyozlar va ularning keyingi – viloyat bosqichidagi ishtiroki haqida batafsil ma’lumot berdi. U barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tiladi.

Shundan so‘ng kafedra mudiri F.Rustamova va kafedraning tajribali professor-o‘qituvchilari tomonidan fan olimpiadasining o‘tkazilish tartibi, baholash mezonlari va yozma ish bosqichi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar belgilangan tartibda

Fan olimpiadasi jarayoni talabalarning fan bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash hamda ularni rag‘batlantirishga xizmat qildi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etildi va talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Leave a Reply

Skip to content