«TADBIRKORLIKKA ILK QADAM» MAHORAT DARSI BOʻLIB OʻTDI

Andijon davlat chet tillar institutida talabalarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va ularni innovatsion g‘oyalarga jalb etish maqsadida navbatdagi foydali uchrashuv tashkil etildi. Institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti Tadbirkorlik va innovatsion loyihalar koordinatori Abduxalilova Xurshidaxon tashabbusi bilan o‘tkazilgan «Tadbirkorlikka ilk qadam» nomli mahorat darsi aynan shu yo‘nalishga xizmat qildi.

Mazkur tadbirda faol va intiluvchan talabalar ishtirok etib, tadbirkorlik sohasidagi dolzarb mavzular, mavjud imkoniyatlar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Mahorat darsida, shuningdek, muvaffaqiyatli yosh tadbirkorlar tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

«Yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish, ularda mustaqil fikrlash va zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish bizning asosiy maqsadimiz»,
— deya ta’kidladi Abduxalilova Xurshidaxon.

Tadbir ishtirokchilari bunday uchrashuvlar kelgusida ham muntazam tashkil etilishini ma’qullab, o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.

Leave a Reply

Skip to content