

Andijon davlat chet tillari instituti Talabalar turar joyida joriy yilning may oyi — “Sport oyligi” doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida qizlar o‘rtasida voleybol, o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa mini-futbol bo‘yicha sport musobaqalari tashkil etildi.
Mazkur musobaqalar Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti tashabbusi bilan o‘tkazilib, talabalar orasida jismoniy faollikni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish hamda sog‘lom raqobat muhitini yaratishga qaratildi.
Musobaqalar davomida talabalar o‘zlarining sportga bo‘lgan qiziqishlari, jamoaviylik ruhini hamda g‘alabaga intilishlarini namoyon qilishdi.
Bunday tadbirlar institutda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va talabalar o‘rtasida do‘stona muhitni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.