

Kuni kecha Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida navbatdan tashqari fakultet kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🟢Yig‘ilishni fakultet dekani K.Karimov ochib berdi va kun tartibidagi masalalar bilan yig‘ilish ishtirokchilarini tanishtirdi. Shundan so‘ng, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i V.Vositov fakultetda olib borilayotgan o‘quv jarayonlari, talabalarning davomat holati, nazorat ishlarining sifati va pedagogik yondashuvlar borasida tahliliy ma’lumot berdi.
Yig‘ilish davomida Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorati» bo‘limi boshlig‘i Sh.Mamajonov so‘zga chiqib, oliy ta’lim muassasalarida halollik muhitini shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va bu borada fakultet darajasida olib borilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi. U korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha mavjud reglamentlar va ularning amaldagi ijrosi yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Kengash yig‘ilishida kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ham o‘z fikr va takliflarini bildirib, fakultetda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish, innovatsion metodlarni keng joriy etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini faollashtirish va talabalar bilan ishlash samaradorligini oshirish borasida o‘z takliflarini ilgari surishdi.
Yig‘ilish yakunida fakultet dekani K.Karimov yig‘ilishda ilgari surilgan barcha taklif va tavsiyalarni tizimli tarzda umumlashtirib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi. Shu bilan birga kelgusida bunday yig‘ilishlar muntazam o‘tkazilib borilishi, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilinishi lozimligini ta’kidladi.