



Andijon davlat chet tillari instituti 1-Talabalar turar joyida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT koordinatori N.Gʻofforova hamda TTJ tarbiyachi-pedagogi B.Axmedova tomonidan «Inson xotirasi – aziz, qadri – muqaddas» mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tashkil qilingan ushbu davra suhbati davomida talaba-yoshlar tinchlikning naqadar ulugʻ ne’mat ekani, bu yoʻlda kurash olib borgan har bir ajdodimiz xotirasi qalblarda mangu yashashi, bugungi kun avlodi esa uni yana ham mustahkamlagan holda kelgusi avlodlarga yetkazishi zarurligi xususida fikr-mulohazalar bildirildi.
