TALABALAR NIZOM BILAN TANISHTIRILDI

Xabaringiz bor, Hukumatning tegishli qarori bilan (№149, 10.03.2025) “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi.

Ayni kunlarda Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani A.Ataboyev tomonidan talaba-yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, unda mazkur nizom bilan talabalar tanishtirilib, grant ajratishning tartibi, shart-sharoitlari, shuningdek, ularni qayta taqsimlash mexanizmlari batafsil bayon qilib berildi.

Uchrashuvga institut O’quv-uslubiy boshqarmasi boshlig’i S.Toshtonov ham taklif qilinib, u ham mazkur tartib 2024–2025-o‘quv yildan boshlab bakalavr va magistratura bosqichlarida o‘qishga kirgan talabalar uchun amal qilishi, barcha talabalarda imkoniyatlar teng ekani, hamma o’z harakatidan kelib chiqib, bu natijaga erisha olishi mumkinligini ta’kidladi.

Leave a Reply

Skip to content