PARTIYA TASHKILOTI VAKILLARI TALABALAR BILAN UCHRASHDI

Bugun – 02.05.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutida saylov huquqlari bo‘yicha o‘quv seminari va trening tashkil etildi

Andijon davlat chet tillari institutida fuqarolarning siyosiy faolligini oshirish, demokratik jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish hamda ayollar va erkaklar o‘rtasida teng huquqlilikni ta’minlash maqsadida saylov huquqlari bo‘yicha o‘quv seminari va trening tashkil etildi.

Mazkur tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, jamoat tashkilotlari vakillari hamda saylov jarayonlari bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar ishtirok etdi. Trening davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi saylov qonunchiligi, unda belgilangan fuqarolarning saylov huquqlari, ayniqsa, ayollar va erkaklar o‘rtasida tenglik tamoyillari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.

Seminar doirasida ayollar va erkaklarning siyosiy hayotdagi o‘rni, ularning saylovlarda faolligini ta’minlashning huquqiy asoslari, shuningdek, fuqarolik jamiyatida teng imkoniyatlar yaratish masalalari keng muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan mavzuga oid interaktiv mashg‘ulotlar, savol-javoblar va guruhli ishlar orqali ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari o‘zlarining saylov huquqlari, qonuniy erkinliklari va tenglik prinsiplari bo‘yicha yanada chuqurroq tushunchaga ega bo‘lishdi. Shuningdek, bunday tadbirlar yosh avlodni huquqiy madaniyatli, faolligi yuqori, mas’uliyatli fuqaro sifatida shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Leave a Reply

Skip to content