

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari instituti hamda «World Academics» xalqaro tashkiloti o’rtasida ilmiy-tadqiqot, ilmiy-innovatsion, chet tillari o’qitishning ilg’or uslublarini o’rganish, tajriba almashish hamda xalqaro tashkilot tomonidan tashkil etilayotgan anjumanlarda erishilgan yutuqlarni transfromatsiya qilish kabi masalalarni amalga oshirish yuzasidan hamkorlik o’rnatilgan edi.
Joriy yilning 28-29-aprel kunlari ushbu tashkilot tomonidan Ozarbayjon Respublikasi Boku shahrida navbatdagi xalqaro konferensiya tashkil qilindi. Ushbu konferensiyada ishtirok etish hamda xorijiy ilmiy stajirovkani amalga oshirish uchun Andijon davlat chet tillari institutidan vakil sifatida institut doktoranti, Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi kafedrasi o’qituvchisi R.Klebleeva yuborildi.
R.Klebleeva u yerda bo’lib, xalqaro konferensiyada ishtirok etdi va maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Bundan tashqari «J.R.R.Tolkin ijodida mifopoetik strategiyalar: an’analar va yangiliklar» mavzusida o’z ilmiy faoliyatini olib borayotgan doktorantimiz Bokuning bir qancha markaziy kutubxonalari hamda Oliy ta’lim muassasalari fondlaridan foydalangan holda o’z ishiga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni jamlab, zarur adabiyotlarni qo’lga kiritdi.