FAKULTET DEKANI TOMONIDAN «MA’RIFAT DARSI» TASHKIL QILINDI

Ma’rifat – bu inson ongining yuksalishi, fikrning teranlashishi va qalbning nurafshon bo‘lishidir. U kishiga hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash, ezgu maqsadlarga yetishish va jamiyatga foydali bo‘lish imkonini beradi.

Ma’rifatli inson – bu bilimga chanqoq, haqiqatga intiluvchi va hayotning murakkab sirlarini anglay oluvchi shaxsdir. Uning qalbi nafaqat ilm bilan, balki odob-axloq, insoniylik va mehr-muruvvat bilan ham bezalgan bo‘ladi.

Bugun – 01.05.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekani M.Pazilov tomonidan talaba-yoshlar uchun «Ma’rifat darsi» tashkil qilindi.

Ushbu dars davomida komil inson bo’lib shakllanishda ma’rifat va ma’naviyatning o’rni haqida ma’ruza qilindi.

Leave a Reply

Skip to content