

Kuni kecha – Huazhong fan va texnologiya universiteti (HUST) hamda Gonkong universitetining vakillari Zhai Chong va Zhang Shuaiqi Andijon davlat chet tillari institutiga tashrif buyurib; rus, o‘zbek va nemis tillari bo‘yicha bakalavr yo‘nalishlariga xitoylik talabalarni qabul qilish shart-sharoitlarini muhokama qildilar.
Ushbu muhokama jarayonida Andijon davlat chet tillari institutidan vakillar: O’quv-uslubiy boshqarmasi Ta’lim jarayoni tashkil etish boʻlimi boshligʻi N.Abduqodirov, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili amaliyoti kafedrasi mudiri M.Xoshimovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
xitoylik talabalarni rus, o‘zbek va nemis tillari bo‘yicha bakalavr dasturlariga qabul qilish tartiblari;
xitoy tilini o‘rganish bo‘yicha test markazini (HSK markazi) tashkil etish;
xitoylik talabalar uchun ingliz tilida bir yoki ikki yillik magistratura dasturlarini yaratish;
Mazkur tashrif Andijon davlat chet tillari institutining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadami bo‘lib, xitoylik talabalar uchun yangi ta’lim imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.