«RECTOR CUP-2025» BAHORIY MAVSUMI YAKUNLANDI

Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov kubogi uchun o‘tkazilgan «Zakovat» intellektual musobaqasining bahoriy mavsumi nihoyasiga yetdi! Yakuniy turdan keyingi taqdirlash marosimida Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekani M.Pazilov hamda institut Matbuot xizmati rahbari A.Yunusovlar ishtirok etdilar.

Musobaqaning so‘nggi turi nihoyatda qiziqarli va taassurotli bo‘ldi. O‘quvchilarning bilim va tezkor fikrlash qobiliyatlari sinovdan o‘tgan ushbu musobaqa jamiyatimizda intellektual salohiyatni rivojlantirishga hissa qo‘shish bilan birga, raqobatni va do‘stlikni ham mustahkamladi.

Musobaqa yakunida quyidagi g‘oliblar aniqlanib, taqdirlandi:

1-o‘rin: «Nirvana» jamoasi;
2-o‘rin: «Neo» jamoasi;
3-o‘rin: «Stoik» jamoasi.

G‘oliblarni chin qalbdan tabriklaymiz va ularga kelajakdagi barcha intellektual musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilaymiz! «Zakovat» intellektual musobaqasi Andijon davlat chet tillari instituti talabalarining bilimini namoyish etish va yanada rivojlantirishga xizmat qilgan ajoyib platformaga aylangan.

Ta’kidlash joizki, bunday musobaqalar bilimni rivojlantirish, aqliy salohiyatni oshirish, hamkorlik va do‘stlikni mustahkamlashda o‘zining beqiyos o‘rniga ega.

Leave a Reply

Skip to content