

2025-yil 30-aprel kuni Andijon davlat chet tillari institutida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektor maslahatchisi M.Isroilov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi rahbari O’.Rahmonov, fakultet dekanlarining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosarlari,tyutorlar hamda Talabalar turar joyi mas’ullari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda institutda amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarning holati, yoshlar tarbiyasi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasidagi ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, bu yo‘nalishda erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida institut rahbariyati tomonidan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada samarali tashkil etish, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash bo‘yicha aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.