INSTITUTDA KITOBXONLIK HAFTALIGI DAVOM ETMOQDA

Butun yurtimiz bo‘ylab o’tkazilayotgan “O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi an’anaviy V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” Andijon davlat chet tillari instituti Axborot resurs markazida ham davom etmoqda.

«Kitob – insoniyatning qalb  gavhari, tafakkur xazinasi” nomli mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirga Roman-german va slavyan tillari fakulteti Rus tili nazariyasi va amaliyoti, Nemis tili nazariyasi va amaliyoti, Fransuz tili nazariyasi va amaliyoti kafedralari professor-o‘qituvchilari hamda talabalar tashrif buyurdilar.

Tadbir ochilishida Axborot resurs markazi Axborot-kutubxona resurslarni butlash, kataloglashtirish va  tizimlashtirish bo‘limi mudiri N.Rustamova Axborot resurs markazi faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berib, Axborot resurs markaziga doimiy tashriflar amalga oshirishlarini ta’kidlab o’tdi. Ushbu taklif  kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalarga manzur bo‘ldi.   

Tadbir davomida Axborot resurs markazi jamoasi tomonidan eng sara adabiyotlarga bibliografik ma’lumotlar berildi.
Mazkur jarayonda, kitobga oid she’rlar, yangi keltirilgan adabiyotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga cofe-break tashkillashtirildi. Tadbirda so‘z olgan kafedra mudirlari tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazilganligini aytib o‘tdi.

Leave a Reply

Skip to content