

O’zbekiston Yoshlar ittifoqi Andijon davlat chet tillari instituti Boshlang’ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlarda milliy qadriyatlar, xususan, milliy o’yinlarga bo’lgan muhabbatni oshirish, ulardagi vatanparvarlik tuyg’ularini yanada rivojlantirish, bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida O’zbekiston Kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan «Milliy o’yinlarda millat ruhi» shiori ostida musobaqa tashkil qilindi.
Ushbu musobaqa 5 ta yo’nalishda o’tkazildi:
100 metr masofaga yugurish;
Turnikka tortilish;
Polvontosh ko’tarish;
Kuch sinashish (armresling);
Arqon tortish.
Musobaqalar shiddatli hamda ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi. Yakunda g’olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.