

Bugun – 29.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutining navbatdagi 7-8-sonli Kengash yig’ilishi quvonchli xabarlar bilan boshlandi.
Institutning bir qancha professor-o’qituvchilariga ilmiy daraja va ilmiy unvonlarni tasdiqlovchi hujjatlar institut rektori D.A.Rustamov tomonidan tantanali ravishda topshirildi:
1. Xoshimov Muzaffarjon G’anijonovich – Filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi bilan;
2. Jo’rabekova Xabiba Madaminovna – Filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi bilan;
3. Matkarimova Mahliyo Madaminjonovna – Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi bilan;
4. Anorboyeva Irodaxon Oripovna – dotsent ilmiy unvoni bilan;
5. Mamasoliyeva Gulchexraxon Abduxalilovna – dotsent ilmiy unvoni bilan;
6. Saidova Lolaxon Maxammadjonovna – dotsent ilmiy unvoni bilan;
7. Zaxidova Diloromxon Toxirbekovna – dotsent ilmiy unvoni bilan;
8. Isomiddinov Asliddin Baxriddin o’g’li – pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bilan;
9. Ayupova Guloyim Baxtiyorjon qizi – filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bilan;
10. Rustamova Feruzaxon Maxmudjanovna – pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bilan
Barcha Ustozlarga ushbu ilmiy unvon va darajalar muborak bo’lsin! Kelgusi ilmiy faoliyatida ham omadlar tilaymiz!