INSTITUT KENGASHINING NAVBATDAGI YIG’ILISHI BO’LIB O’TDI

Bugun – 29.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Kengashining navbatdagi 7-8-sonli yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Unda kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’ruzachilar nutqlar so’zladilar.

Jumladan, birinchi masala yuzasidan institut rektori D.A.Rustamov hukumat tomonidan chiqarilayotgan qaror-farmonlar, Prezident raisligida tashkil qilingan videoselektorlarning mazmun-mohiyatini batafsil sharhlab, ularning institutdagi ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga ko’rsatmalar berdi.

Shundan so’ng kun tartibidagi qolgan masalalar yuzasidan belgilangan rahbar xodimlar o’z ma’ruzalarini Kengash raisi va a’zolari hukmiga havola qildi.

Leave a Reply

Skip to content