

Andijon davlat chet tillari institutida uzoq yillar davomida ta’lim sohasida fidoyilik bilan faoliyat olib borgan, ilmiy-pedagogik yondashuvlari va yuqori mahorati bilan butun jamoaga ilhom manbai bo‘lgan Abdullayev Shavkat Safayevichning tavallud ayyomi arafasida Ustozning ish faoliyati, ilmiy va pedagogik yo‘li hamda yuksak insoniy fazilatlariga hurmat ifodasi sifatida davra suhbati – uchrashuv tashkil qilindi.
Shavkat Safayevichning hayoti va mehnati har birimiz uchun namuna bo‘lib, uning sohada amalga oshirgan yutuqlari va o‘tkazgan islohotlari institutning bugungi muvaffaqiyatlarida muhim o‘rin tutadi. Ustozning o‘quvchilariga ko‘rsatgan e’tibori va ilg‘or yondashuvlari, shuningdek, o‘zining yuqori ma’naviyati va professional mas’uliyatini talabalariga o‘rgatganligi, biz uchun bebaho merosdir.
Ayni shu munosabat bilan o’tkazilgan bugungi uchrashuvda institutda uzoq yillar davomida faoliyat olib borgan professor-o’qituvchilar, qahramonimizning oila a’zolari, do’stlari, shogirdlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. So’z olgan iliq xotiralar bilan o’rtoqlashgan bo’lsalar yakunda esdalik sovg’alari topshirildi.
Abdullayev Shavkat Safayevichning tavallud ayyomi, uning ilmiy va pedagogik merosini qadrlash, hayotidagi katta yutuqlarga hurmat bildirib, yangi avlodga o‘rnak bo‘lish uchun ajoyib imkoniyatdir. Ustozga uzoq umr, baxt-saodat va ilmiy izlanishlarida yangi zafarlarga erishishni tilaymiz!