INSTITUTGA YANGI TA’LIMIY ADABIYOTLAR KELTIRILDI

Andijon davlat chet tillari institutiga “Home Uz Limited” kompaniyasidan taʼlimiy adabiyotlar olib kelindi.

Andijon davlat chet tillari institutining Roman-german va slavyan tillari fakulteti uchun xorijiy tilga ixtisoslashgan yangi taʼlimiy adabiyotlar “Home Uz Limited” kompaniyasi orqali xarid qilinib, institutga yetkazib berildi. Ushbu kitoblarni fakultet dekani M.S.Pazilov va Umumiy va qiyosiy tilshunoslik kafedrasi mudiri B.Abdullayev rasmiy tartibda qabul qilib oldilar.

Mazkur adabiyotlar xorijiy tillarni o‘qitish, lingvistika, tarjimashunoslik, fonetika, grammatika va qiyosiy tilshunoslik yo‘nalishlariga oid bo‘lib, ular zamonaviy talablarga mos, ilmiy-uslubiy jihatdan puxta tanlab olingan. Kitoblar institut kutubxonasi fondiga qo‘shildi va talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning foydalanishi uchun taqdim etildi.

Ta’limiy adabiyotlar bilan ta’minlanishning ushbu bosqichi institutda o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, talabalar bilim doirasini kengaytirish, ularning mustaqil taʼlim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish va xorijiy tillarni chuqurroq o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Mazkur jarayon institutning o‘z taʼlim resurslarini doimiy ravishda yangilab borish, ilg‘or o‘quv-uslubiy adabiyotlar bilan ta’minlash siyosatining bir qismi hisoblanadi. “Home Uz Limited” kompaniyasi bilan olib borilgan hamkorlik esa kelgusida yana ko‘plab ta’limiy loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratadi.

Leave a Reply

Skip to content