

Bugun o‘zbek she’riyatining zabardast vakili, xalqimizning sevimli shoiri — Muhammad Yusuf tavallud topgan kun. Yurtimizga, xalqimizga, mehr va sadoqatga to‘la she’rlari bilan qalblarni zabt etgan bu inson, oramizda bo‘lmasa-da, uning ijodi, ruhi va yodi hamon biz bilan birga.
Muhammad Yusuf o‘z she’rlari orqali ona Vatanga bo‘lgan sadoqatni, insoniy tuyg‘ularni, mehr-oqibat va hayot haqidagi chuqur mulohazalarni teran ifodalagan. Uning har bir satri, har bir bayti yuraklardan joy olgan va olamning g‘oyat samimiy, rostgo‘y ovoziga aylangan.
Bugun – 26.05.2025-yil kuni Andijon shahrida joylashgan Muhammad Yusuf maydonida shoir tavalludining 71 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri tashkil qilindi.
Ushbu tadbirda viloyat hokimi Sh.Q.Abdurahmonov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, adabiyotshunos olimlar, shoir va adiblar, ijodkor yoshlar – keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Jumladan, Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi ham institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida qatnashib, shoir ijodidan o’qilgan namunalarni, sahna ko’rinishlarini tomosha qilib zavq oldilar.