XITOY XALQ RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINMOQDA

O’zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o’rtasidagi hamkorlik masalalari tobora yaqinlashib, har ikki davlat uchun manfaatli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bu jarayonda Andijon davlat chet tillari instituti o’z yo’nalishidan kelib chiqqan holda tizimli ishlarni bajarib kelmoqda. Jumladan, so’nggi 2 o’quv yili davomida Filologiya va tillarni o’qitish: Xitoy tili yo’nalishi ochilib, yuzlab talabalar uchun ushbu tilni o’rganish imkoniyati yaratildi.

Kuni kecha – 24.04.2025-yil kuni institut O’quv-uslubiy boshqarmasi Ta’lim jarayoni tashkil etish boʻlimi boshligʻi N.Abduqodirov, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri E.Kurbanov hamda Ingliz tili amaliyoti kafedrasi mudiri M.Xoshimovlar Veynan pedagogika universiteti mas’ullari bilan onlayn suhbat olib bordilar.

Ushbu suhbat davomida o’zaro manfaatli bir qator loyihalar ustida muzokaralar olib borildi. Xususan, xitoylik mutaxassislarning institutda faoliyat olib borish uchun jalb etilishi, talabalar almashinuvi, professor-o’qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari tashkil qilish, magistrant va doktorantlar uchun ilmiy stajirovkalar amalga oshirish masalalari qizg’in muhokama qilindi.

Leave a Reply

Skip to content