
Bugun – 24.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili oʻqitishning integrallashgan kursi kafedrasi mudiri J.Egamberdiyev va professor-o’qituvchi D.Abdulazizovlar Oltinkoʻl tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 6-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan asosiy maqsad – umumtaʼlim maktablarida ingliz tilini oʻqitish sifatini oshirish, ilgʻor tajribalarni oʻrganish va amaliyotda qoʻllash, hamkorlik aloqalarini kuchaytirish hamda kafedra va maktab oʻrtasida metodik hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat.
Shuningdek, ingliz tili fani oʻqituvchilari bilan muloqot olib borilib, dars jarayonlarini tahlil qilish va ularni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.