INSTITUTDA XALQARO SIMPOZIUM BO’LIB O’TMOQDA

Andijon davlat chet tillari institutida chet ellik mutaxassislar madaniy diplomatiya ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ijtimoiy va ko‘p madaniyatli munosabatlarni rivojlantirish maqsadida shaxsiy hikoyalar va ommaviy axborot vositalari tasvirlarini qayta ishlash va loyihalashda sun’iy intellekt (AI)dan foydalanish toʻgʻrisida muhokamasiga bag’ishlangan simpozium boʻlib o’tmoqda.

Ushbu simpoziumga dunyoning ko’plab davlatlaridan soha mutaxassislari tashrif buyurdilar.

Tashrifdan maqsad – sunʼiy intellekt vositasida madaniy diplomatiya koʻnikmalarini mustahkamlash;
sunʼiy intellekt yordamida shaxsiy hikoyalarni qayta ishlash va media tasvirlarini loyihalash.

Tashrif davomida sunʼiy intellekt yordamida inson tajribasini vizual va raqamli shaklda ifodalash usullari koʻrib chiqildi. Tashrif institutda zamonaviy texnologiyalar orqali global madaniy aloqalarni rivojlantirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi.

Simpoziumning bugungi taqdimotlarida Andijon davlat chet tillari instituti rektori, Filologiya fanlari doktori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov ham ishtirok etdi va barcha ishtirokchilarga o’zining fikr-mulohazalarini bildirdi. Bu tashrif ikki tomonlama tajriba almashish va bilimlar bazasini boyitishga xizmat qildi.

Leave a Reply

Skip to content