
Joriy yilning 13-17.04.2025-yil kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida «Young economis forum (YEF)» xalqaro forumi bo’lib o’tdi.
Biz uchun quvonarlisi shundaki, ushbu nufuzli xalqaro forumda Andijon davlat chet tillari instituti doktorantlari A.Bozorbekov hamda B.Solijonovlar ham ishtirok etdilar.
Institutimiz vakillari ham forum doirasida ma’ruza o’qib, bir qancha davlatlardan tashrif buyurgan ishtirokchilar va mutasaddilar e’tirofiga sazovor bo’ldilar.
Bundan tashqari doktorantlarimiz O’zbekistonning Turkiyadagi elchixonasida ham bo’lib, u yerda konsullar – O.Razzakov hamda F.Ochilovlar bilan uchrashib fikr almashdilar.