DOKTORANTLAR XORIJIY ILMIY STAJIROVKADA

Andijon davlat chet tillari instituti doktorantlari ilmiy stajirovka uchun Qozog’istonning Semey shahri Shakarim universitetiga yetib borishdi.

Bu yerda doktorantlarni universitetning Xalqaro aloqalar bo’limi rahbari va Xorijiy tillar fakulteti dekani  iliq kutib oldilar. Imiy stajirovka uchun doktorantlar Shakarim universitetining Ingliz tili filologiyasi kafedrasiga biriktirilib, kafedra professor-o’qituvchilari bilan tanishtirildi va kofe breyk dasturxoniga taklif etildi.

Doktorantlar ilmiy ishi bilan bog’liq materiallar to’plash hamda stajirovka barobarida Semey universiteti olimlariga institutimiz shart-sharoitlari hamda o’quv jarayonlarini tanishtirdilar. Bundan tashqari o’z ilmiy ishlari doirasida taqdimot namoyishlari boʻlib oʻtdi.

Leave a Reply

Skip to content