«CHIQINDISIZ KELAJAK SARI!»

Plogging – Shvetsiyada 2016-yili ekolog Erik Alstrom tomonidan asos solingan. Yugurish davomida chiqindi terib ketiladi. Ham sog‘liqqa, ham tabiatga foyda. Hozir plogging Yevropa davlatlarida keng tarqalgan.

Bugun – 22.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti hamda O’zbekiston Ekologik partiyasi Andijon viloyati partiya tashkiloti hamkorligida Yangi Andijon massivida «Chiqindisiz kelajak sari» shiori ostida plogging tashkil qilindi.

Unda institut rektori D.A.Rustamov boshchiligidagi rahbar va ishchi xodimlar, «Yosh ekologlar» klubi faollari, partiya a’zolari ishtirok etdilar.

Keng adirliklarda tashkil qilingan tadbir davomida dam oluvchilardan qolgan chiqindilar yig’ilib, tabiatga keltirilishi mumkin bo’lgan zarar oldi olindi.

Shu o’rinda oilaviy yoki do’stkar davrasida dam ishga chiqayotganlarga eslatma: o’zingizdan chiqindi qoldirmang! Zero ular bir necha o’n yilliklar davomida tabiatga ziyon yetkazib turadi.

Leave a Reply

Skip to content