


QS xalqaro reytingida TOP-500talikdagi Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida Andijon davlat chet tillari instituti mustaqil izlanuvchilari ilmiy stajirovkasi davom etmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Ilmiy ishlar, innovatsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘yicha dekan o‘rinbosari M.Mirzakarimova, Ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri A.Teshaboyev hamda Ingliz tilining nazariy aspektlari kafedrasi mustaqil izlanuvchilari Qozog’iston Respublikasi Auezov nomidagi universiteti «Zamonaviy tillar» va «Inklyuziv ta’lim» kafedralariga tashrif buyurib, kelgusida kafedralararo shartnomalar imzolash, o‘quv adabiyotlar ishlab chiqish, professor o‘qituvchilar almashinuvi kabi hamkorlikdagi ishlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi.