



Tarixni anglashda uni kelajak avlodlarga qoldirishda muzeylar juda ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi. Shu boisdan Oʻzbekistonda 90-yillardan keyin koʻplab muzeylar mamlakatning turli joylarida oʻz ishlarini boshladi, koʻplab muzeylar butunlay yangidan barpo etildi, boshqalari kapital taʼmirdan chiqarildi.
Bugun – 18.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti tyutori D.Nabiyev bir guruh talabalar bilan Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talaba yoshlar muzeydagi eksponatlar bilan tanishib, mas’ullar tomonidan ma’lumotlar bilan tanishtirildilar.
