«BOOK QUIZ» INTELLEKTUAL LOYIHASIGA START BERILDI

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari instituti «Besh muhim tashabbus markazi» tomonidan kitobxon talabalar uchun yangi intellektual loyiha – «BookQuiz»ga asos solingan edi.

Bugun – 17.04.2025-yil kuni ushbu loyihaning ilk tur o’yinlari bo’lib o’tdi va uni markaz rahbari S.No’monjonov ochib berdi.

Shoir va yozuvchilar hayoti, asarlardan tushgan qiziqarli savollarga kitobxon talabalar javoblar berib, o’z bilimlarini sinovdan o’tkazdilar.

Ma’lumot uchun ushbu loyiha liga sifatida bo’lib o’tadi. Bugungi turdan tashqari yana 6 tur davom etadigan ushbu kitobxonlarning intellektual ligasida ishtirok etishni istasangiz, hoziroq @MasumaxonShamsiddinova manziliga murojaat qiling.

Leave a Reply

Skip to content