Kuni kecha – 13.12.2024-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekanining Yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari B.Botirov, Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi O.Azimova, tyutor R.Sultonovlar tomonidan Talabalar turar joyida davra suhbati tashkil qilindi.
Unda ishtirok etgan talabalar bilan bugungi kunda yurtimizda ta’limga, xususan, oliy ta’limga qaratilayotgan e’tibor, undan samarali foydalanish, kelajakda vatan taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan kadr bo’lib yetishish masalalari bo’yicha fikrlar almashildi.